G‘arb Ukraina havo hududida Rossiyaning dronlari va raketalarini urib tushirish haqida o‘ylashi kerak.
Bu haqda Polsha tashqi ishlar vaziri Radoslav Sikorskiy Tagesschau bilan suhbatda aytib o‘tdi.
Qayd etilishicha, diplomatik departament rahbari bu haqda Rossiya dronlarining Polsha havo hududiga bostirib kirishi muhokamasi fonida aytgan.
"Shaxsan mendan so‘rasangiz: bu haqda o‘ylab ko‘rishimiz kerak. Texnik jihatdan biz NATO va YEI sifatida buni amalga oshirishga qodir bo‘lardik, ammo bu Polsha o‘z-o‘zidan qabul qila olmaydigan qaror, faqat ittifoqdoshlari bilan birgalikda", - deya Sikorski so‘zlarini keltiradi nashr. U, shuningdek, Boltiq dengizidagi Rossiya soya flotiga qarshi muvofiqlashtirilgan yondashuvni yaratishni taklif qildi.
Uning qo‘shimcha qilishicha, agar Rossiyaning ushbu kemalaridan kamida bittasi Boltiq dengizida cho‘kib kesa, bu “misli ko‘rilmagan darajada ekologik halokat” bo‘ladi.