Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatida islohotlar natijadorligi va yangi rejalar muhokamasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.
✅Viloyatda Xitoy investisiyasi ishtirokida 2,1 milliard dollarlik yirik sanoat parklari tashkil etilmoqda. Shuningdek, 2025–2027 yillarda viloyatni jadal rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan qarorlar ijrosi uchun 40 trln so‘mdan ziyod mablag‘lar yo‘naltirilgan.
✅Ushbu tashabbuslar hududlarda ishsizlik va kambag‘allik darajasini pasaytirishga xizmat qiladi. Yil yakuniga qadar ushbu ko‘rsatkichlarni 4,5% gacha qisqartirish belgilangan.
✅Nurafshon, Olmaliq va Chirchiq shaharlarida sanoat korxonalari uchun 2 ta yangi nimstansiya quriladi. Shu bilan birga, ekologiyaga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan korxonalar shahar tashqarisidagi sanoat zonalariga ko‘chiriladi.
✅Viloyatning barcha tuman va shaharlarini poytaxt bilan tezkor elektr poyezdlari orqali bog‘lash vazifasi belgilandi.