Bugun 13 sentyabr, 2025 yil, shanba

КИР

Paynet qurilmasini o‘g‘irlagan «shovvozlar» qo‘lga olindi

Paynet qurilmasini o‘g‘irlagan «shovvozlar» qo‘lga olindi

Navoiyda paynet qurilmasini o‘g‘irlagan yigitlar (yoshlari 22 dan 24 gacha) ushlandi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati rahbari Fayoz Qosimov ma’lum qildi.

Bildirilishicha, Navoiy shahrilik, bir-birini avvaldan tanigan uch nafar yigit tun yarmida Taraqqiyot mahallasi hududida joylashgan paynet qurilmasiga «hujum» qilishgan. Ular yuzlariga niqob, qo‘llariga tibbiy qo‘lqop kiyib, davlat raqami mavjud bo‘lmagan avtomashinaga paynet pul jo‘natish qurilmasini yuklab, o‘g‘irlab ketishgan. Aniqlanishicha, qurilma ichida 5 263 000 so‘m pul bo‘lgan.

Navoiy viloyat IIB tezkor qidiruv xizmati Jinoyat qidiruv boshqarmasi mulkiy turdagi jinoyatlarga qarshi kurash bo‘limi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor sa’y-harakatlar natijasida shu tunning o‘zida navbatdagi rejani amalga oshirmoqchi bo‘lgan uch nafar «shovvoz» qo‘lga olingan.

Ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan ish qo‘zg‘atilgan. Shuningdek, yetkazilgan 36 763 000 so‘m miqdoridagi zararni qoplash majburiyati yuklandi.

Kiritildi: 12:17 11.09.2025. O'qildi: 633 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!