Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida ishchilar tomonidan o‘tkazilgan ommaviy norozilik namoyishlari shahar infratuzilmasiga jiddiy zarar yetkazdi.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 28 avgust kuni minglab ishchilar mehnat shart-sharoitlarini yaxshilash, ish haqlarini oshirish va parlamentni tarqatib yuborish talablarini ilgari surib, ko‘chalarga chiqqan. Namoyishlar davomida tartibsizliklar yuzaga kelib, ayrim metro bekatlariga o‘t qo‘yildi, pullik yo‘l terminallari buzildi, hukumatga tegishli infratuzilmaning muhim qismi zarar ko‘rdi.
30 avgust kuni esa Jakarta shahrida jamoat transporti faoliyati qisman to‘xtatildi. Hozirda rasmiylar tiklash ishlarini boshlagan, tartibni ta’minlash maqsadida shahar ko‘chalarida harbiy texnika jalb qilingan. Polisiya namoyishlarni nazoratga olish jarayonida bir necha bor ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz qo‘llashga majbur bo‘lgan.
Namoyishlarning kelib chiqishiga ishchilarning ijtimoiy-iqtisodiy talablarini qondirish masalasi sabab bo‘lgani ta’kidlanmoqda. Tergov organlari voqealarning kelgusida takrorlanmasligi uchun yuzaga kelgan tartibsizliklar bo‘yicha surishtiruv olib bormoqda.