Shirin limonad va gazli ichimliklarni muntazam iste’mol qilish soch to‘kilishi xavfini keskin oshiradi.
2023 yilda Xitoy olimlari aniqlaganidek, har kuni kamida bitta porsiya shirin gazli ichimliklar ichadigan yosh erkaklarda soch to‘kilishi xavfi, bu odatdan voz kechganlarga nisbatan uch barobar yuqori.
Endi esa portugaliyalik olimlar ham ushbu xulosani tasdiqlashdi: shirin ichimliklar sochning qalinligi, o‘sishi va tovlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Har hafta 3,5 litrdan ko‘p (ya’ni kunlik o‘rtacha 500 ml) ichimlik iste’mol qiladigan erkaklar boshqalarga nisbatan ko‘proq soch to‘kilishiga duch kelishi aniqlangan.
Mutaxassislar fikricha, bunga ortiqcha shakar sabab bo‘ladi — u qon aylanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi va yallig‘lanish jarayonlarini kuchaytiradi, natijada soch follikulalari zaiflashadi. Energetik ichimliklar ham xavfli: ulardagi yuqori miqdordagi kofein stress gormoni — kortizolni ko‘tarishi mumkin.
Hozircha olimlar shirin ichimliklar soch to‘kilishiga qanday mexanizm orqali ta’sir ko‘rsatishini chuqur o‘rganmoqda, ammo o‘zaro bog‘liqlik allaqachon isbotlangan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 20 yoshga yetgan erkaklarning kamida 25 foizida soch to‘kilishi belgilarini ko‘rish mumkin. 50 yoshdan oshganlar orasida esa bu ko‘rsatkich 85 foizga yetadi.
Olimlar gazli ichimliklarni kamaytirish bilan birga boshqa choralarni ham taklif qilishmoqda. Jumladan, vitamin D iste’moli kallik xavfini pasaytiradi.