Majburiy ijro byurosning Toshkent shahar boshqarmasi ish yurituviga qarzdor fuqaro Z.M.dan Toshkent shahar IIBB YHXB foydasiga 61 ta ma’muriy jarimalaridan yuzaga kelgan 23 mln. so‘mlik qarz summalarini undirish to‘g‘risidagi ma’muriy qarorlar kelib tushgan.
Dastlab qarzdor fuqaroga qarz summalarini qoplashi uchun xabarnomalar yuborilib, ogohlantirilgan bo‘lsada, biroq qarzdorlikni qoplab berishni xohlamagan.
Shundan so‘ng, bo‘lim tomonidan majburiy ijro harakatlariga kirishilib, unga tegishli bo‘lgan "Lacetti" qidiruvga berilgan.
Qoidabuzar fuqaro 61 ta 23 mln. so‘mlik ma’muriy jarimalarini o‘z vaqtida to‘lash o‘rniga avtoulovini Namangan viloyati, Chust tumanida joylashgan jarima maydonida yashirib qo‘ygan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari natijasida "Lacetti" saqlanayotgan joy aniqlanib, keyingi ijro harakatlarini olib borishlik uchun davlat ijrochisiga xabar berilgan.