Bugun 29 avgust, 2025 yil, juma

КИР

Atrof-muhitni chiqindilardan tozalashga qaratilgan «Dolzarb 10 kunlik» boshlandi

«Dolzarb 10 kunlik» shu yilning 25 avgustidan 5 sentyabriga qadar davom etadi.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining ma’lum qilishicha, navbatdagi «Dolzarb 10 kunlik» 25 avgustdan 5 sentyabrga qadar davom etadi.

10 kun davomida respublikadagi barcha jamoat joylari, bog‘lar, xiyobonlar, ko‘chalar va boshqa hududlar chiqindilardan tozalanadi.

Shuningdek, aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida ekologik madaniyat va sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilishga alohida e’tibor qaratiladi.

Ma’lumot uchun, «Dolzarb 10 kunlik» tadbirlari Ekologiya vazirligi, tizim tashkilotlar va hududiy boshqarmalar tomonidan doimiy tarzda o‘tkazib kelinadi. Xususan, 2024 yilning 25 dekabridan 2025 yilning 5 yanvar kuniga qadar o‘tkazilgan tadbirlarda 800 263 ta jamoat joylari, mahallalar va markaziy ko‘chalar obod qilingan hamda respublika hududi jami 135 ming 200 tonna chiqindidan tozalangan.

Kiritildi: 17:38 26.08.2025. O'qildi: 504 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!