Bugun 29 avgust, 2025 yil, juma

КИР

Ixtisoslashtirilgan sport maktablari faoliyatini tashkil etish tartibi belgilandi

Ixtisoslashtirilgan sport maktablari faoliyatini tashkil etish tartibi belgilandi

Hukumat qarori (524-son, 20.08.2025 y.) bilan “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan sport maktablari to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

🔰 Nizom Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi ( Agentlik) tizimidagi ixtisoslashtirilgan sport maktablarining maqomi, asosiy vazifalari, shuningdek, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.

✔️ Nizomga ko‘ra, sport maktablarida sport turlari bo‘yicha 5 — 11-sinflarda ta’lim beriladi.

♻️Gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga talab va takliflardan kelib chiqib, 7 — 11 yoshdagi o‘quvchi-sportchilarni 1 — 4-sinflarga o‘qishga qabul qilishga ruxsat etiladi.

🔔Ta’lim jarayoni o‘quvchi-sportchilar soni 12 - 24 nafargacha bo‘lgan sinflarda tashkil etiladi.

❗️O‘quvchi-sportchilarning sport mahorati darajasini oshirish maqsadida qishqi ta’tilda 15 kun, yozgi ta’tilda 45 kun, ja’mi 60 kunlik o‘quv-mashq yig‘inlari o‘tkaziladi.

📖 Sport maktablarining 9-sinf bitiruvchilariga davlat namunasidagi shahodatnoma, 11-sinf bitiruvchilariga tegishli sport turlari bo‘yicha diplom hamda trenerlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun malaka sertifikati beriladi.

Kiritildi: 12:30 26.08.2025. O'qildi: 457 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!