Bugun 29 avgust, 2025 yil, juma

КИР

Ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatuvchi kompaniya 1,6 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi fosh etildi

Ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatuvchi kompaniya 1,6 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi fosh etildi

"O‘zenergoinspeksiya" Toshkent shahar hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida Shayxontohur tumanida “O.O.T.” MCHJ boshqaruv servis kompaniyasiga qarashli ko‘p qavatli uylarning elektr qurilmalari elektr hisoblagichdan tashqari ulangan holda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasiga 1 milliard 663 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.

Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 10:35 26.08.2025. O'qildi: 586 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!