Bugun 19 avgust, 2025 yil, seshanba

КИР

Sietl markazida o‘g‘rilar zargarlik do‘konini 90 soniyada «tozalab» ketishdi

Sietl markazida o‘g‘rilar zargarlik do‘konini 90 soniyada «tozalab» ketishdi

Sietl polisiyasi zargarlik do‘konida 90 soniya davom etgan surbetlarcha o‘g‘irlik haqida ma’lum qildi. Jinoyatchilar 2 mln dollarlik olmos, qimmat soatlar va tillalarni qo‘lga kiritgan.

AP xabariga ko‘ra, 15 avgust kuni kunduzi Sietlning g‘arbiy qismida joylashgan zargarlik do‘koniga to‘rt nafar niqobli shaxs hujum qilib talon-taroj qildi. Ular bolg‘alar bilan eshikni sindirib kirib, oltita peshtaxtani buzib, qimmatbaho buyumlarni yig‘ib ketishgan.

Jinoyatchilar o‘g‘irlab ketgan buyumlar soni aniqlandi: ular Rolex soatlarini taxminan 750 ming dollarlik hajmda, shuningdek, 125 ming dollarlik zumrad taqinchoqni o‘g‘irlab ketishgan. Polisiya ma’lumoticha, ular xodimlarni qo‘rqitish maqsadida elektroshoker va ayiqqa qarshi sprey ishlatishgan, ammo hech kim jabrlanmagan.

Do‘kon egasi Josh Menashe xodimlar qattiq qo‘rqqanini va do‘kon ma’lum vaqt yopiq qolishini aytdi. Hozirda zarar to‘liq hisoblanmoqda.

Hodisa joyiga polisiya qisqa vaqtda yetib kelgan bo‘lsa-da, o‘g‘rilar mashinada qochib ketishga muvaffaq bo‘lishgan. Ular hozir qidirilmoqda. Tekshiruv ishlari davom etmoqda.

Kiritildi: 18:38 16.08.2025. O'qildi: 697 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!