Evropaning bir qancha yetakchilari va Ukraina prezidenti AQSh yetakchisi bilan telefon orqali suhbatlashdi — Yevrokomissiya.
"Donald Tramp Tramp bilan bo‘lgan suhbatda Zelenskiydan tashqari Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, Germaniya kansleri Fridrix Mers, Finlyandiya prezidenti Aleksandr Stubb, Polsha prezidenti Karol Navroskiy, Britaniya bosh vaziri Kir Starmer, NATO bosh kotibi Mark Ryutte, AQSh davlat kotibi Marko Rubio va maxsus vakil Stiv Uitkoff ham ishtirok etishdi", deyiladi Yevrokomissiya bayonotida.
Qayd etilishicha, amerikaliklar Zelenskiy va yevropaliklarni Putin bilan o‘tkazilgan muzokaralar yakunlari haqida xabardor qilishgan.
Xabar berilishicha, ayni paytda Yevropa Ittifoqi mamlakatlari elchilari Rossiya va Qo‘shma Shtatlar prezidentlarining Alyaskadagi sammiti yakunlarini muhokama qilish uchun Bryusselda favqulodda yig‘ilish o‘tkazishmoqda.