AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan sammitdan so‘ng Yevropa va Ukraina bilan NATO kengayishini to‘xtatish masalasini muhokama qilishi kerak bo‘ladi. Bu haqda Britaniyaning Moskvadagi sobiq elchisi Yan Proud X ijtimoiy tarmog‘ida yozdi.
"Putin NATOni kun tartibidan olib tashlash uchun katta bosim o‘tkazganga o‘xshaydi va Tramp buni Yevropa va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan muhokama qilishi kerak", — dedi u.
Diplomat G‘arb davlatlariga bu taklifni qabul qilib, Ukrainadagi janglarni to‘xtatishni maslahat bergan, biroq ular bunga rozi bo‘lishlariga shubha qilgan.