2023 yil 7 oktyabrdan beri Isroil armiyasining G‘azo sektoriga qilgan hujumlari natijasida halok bo‘lgan falastinliklar soni 61 722 nafarga yetdi. Faqatgina so‘nggi bir sutka ichida eksklavdagi Isroil hujumlari oqibatida yana 123 kishi halok bo‘ldi.
Bu haqda G‘azo sektori Sog‘liqni saqlash vazirligi tarqatgan bayonotda ma’lum qilindi. Hujjatda mintaqada davom etayotgan Isroil tajovuzlari tufayli halok bo‘lganlar va yaradorlar haqidagi so‘nggi ma’lumotlar keltirilgan.