Bugun 14 avgust, 2025 yil, payshanba

КИР

Tramp aqliy imkoniyat testini “a’lo”ga topshirdi

Tramp aqliy imkoniyat testini “a’lo”ga topshirdi

AQSh prezidenti Donald Tramp yaqinda aqliy imkoniyat testidan “a’lo”ga o‘tganini aytdi va unga muxolif demokrat siyosatchilarni ham shunday sinovdan o‘tishga chaqirdi.

"Bu intrigachi siyosatchilarning har birini men yaqinda Vashingtondagi harbiy gospitalda topshirgan kognitiv testga o‘xshash imtihondan o‘tishga majbur qilish kerak. Shifokorlar "prezident Tramp uni “a’lo”ga topshirdi, bunaqasi kamdan-kam bo‘ladi!” deyishdi. So‘l radikallarning barchasi ahmoqliklarini namoyish etib bu testdan o‘tolmagan bo‘lishardi. Testdan o‘ting", - deb yozdi Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida.

Tramp AQShning eng keksa prezidenti hisoblanadi. U lavozimiga kirishayotgan vaqtda uning yoshi Jo Baydenning inaugurasiyasi o‘tkazilgan vaqtdagi yoshidan bir necha oylikka katta bo‘lgan.

Kiritildi: 22:25 11.08.2025. O'qildi: 597 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!