Bugun 14 avgust, 2025 yil, payshanba

КИР

Ozarboyjon TIV Boku va Yerevan o‘rtasidagi tinchlik kelishuvining to‘liq matnini e’lon qildi

Ozarboyjon TIV Boku va Yerevan o‘rtasidagi tinchlik kelishuvining to‘liq matnini e’lon qildi

Mazkur hujjat Vashingtondagi uchrashuvda imzolangan bo‘lib, Ozarboyjon va Armaniston o‘rtasidagi tinchlik kelishuvi quyidagi bandlardan iborat:

◾️ Chegaralarni tan olish — tomonlar bir-birining suverenitetini, hududiy yaxlitligini, chegaralarning daxlsizligini va siyosiy mustaqilligini tan oladi va hurmat qiladi (sobiq SSSR ittifoqdosh respublikalari chegaralari xalqaro chegaralar deb hisoblanadi);

◾️ Hududiy da’volardan voz kechish — tomonlar hozirda va kelajakda bir-biriga hududiy talablar qo‘ymaydi va boshqa tomonning yaxlitligi yoki siyosiy birligini buzuvchi harakatlarni qo‘llab-quvvatlamaydi;

◾️ Kuch ishlatmaslik — tomonlar bir-biriga qarshi kuch ishlatmaydi va kuch ishlatish bilan tahdid qilmaydi, shuningdek, uchinchi tomonlarga o‘z hududidan tajovuz uchun foydalanishga ruxsat bermaydi;

◾️ Ichki ishlarga aralashmaslik — ikki davlat bir-birining siyosati va ichki ishlariga aralashmaslik majburiyatini oladi;

◾️ Diplomatik aloqalar — kelishuv ratifikasiya qilingandan keyin belgilangan muddat ichida 1961 va 1963 yillardagi Vena konvensyalariga muvofiq diplomatik munosabatlar o‘rnatiladi;

◾️ Chegaralarni belgilash — chegarani delimitasiya va demarkasiya qilish bo‘yicha muzokaralar uchun maxsus komissiya tuziladi;

◾️ Chegarada qo‘shinlar bo‘lmasligi — demarkasiya jarayoni yakunlanguniga qadar chegarada uchinchi kuchlar joylashtirilmaydi, ishonch va xavfsizlik choralarini amalga oshirish ko‘zda tutiladi;

◾️ Ekstremizmga qarshi kurash — murosasizlik, irqiy nafrat, separatizm va terrorizmga qarshi qo‘shma choralar ko‘riladi;

◾️ Bedarak yo‘qolganlar masalasi — tomonlar bedarak yo‘qolganlarning taqdirini aniqlash, ma’lumot almashish, jasadlarni qaytarish va tergov o‘tkazishni majburiyat sifatida oladi;

◾️ Hamkorlik — iqtisodiyot, transport, ekologiya, gumanitar va madaniy sohalarda alohida kelishuvlar tuzilishi mumkin;

◾️ Ijroni nazorat qilish bo‘yicha qo‘shma komissiya — kelishuvning bajarilishini nazorat qilish uchun ikki tomonlama organ tuziladi;

◾️ Nizolarni hal qilish — barcha nizolarni muzokaralar orqali hal qilishga harakat qilinadi, agar 6 oy ichida natija bo‘lmasa, boshqa tinch yo‘llar bilan hal qilinadi;

◾️ Da’volarni qaytarib olish — kelishuv kuchga kirgandan keyin bir oy ichida tomonlar o‘zaro va xalqaro sudlarga oid barcha eski da’volar, shikoyatlar va nizolarni qaytarib oladi;

◾️ Kelishuvning kuchga kirishi — ichki tartib-taomillar yakunlanganini tasdiqlovchi hujjatlar almashilganidan so‘ng tinchlik kelishuvi BMTda ro‘yxatga olinadi va kuchga kiradi.

Kiritildi: 21:15 11.08.2025. O'qildi: 802 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!