Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.
Ushbu suhbat AQSh va Rossiya prezidentlarining Alyaskada o‘tkazilishi rejalashtirilgan uchrashuvidan ikki kun oldin bo‘lib o‘tadi.
"Ushbu telefon suhbatida Yevropadan Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Italiya, Polsha va Finlyandiya yetakchilari ishtirok etadi. Shuningdek, AQSh vise-prezidenti Jey Di Vens ham ushbu suhbatga qo‘shilishi kutilmoqda", deya yozadi Bloomberg.
Agentlik manbalariga ko‘ra, muzokaralar chog‘ida Rossiyaga bosim o‘tkazish variantlari, xavfsizlik masalalari, Ukrainada tinchlik muzokaralariga tayyorgarlik va bu bilan bog‘liq hududiy da’volar muhokama qilinadi.