Nashr ma’lumotiga ko‘ra, hatto qat’iy diplomatik pozisiyaga ega bo‘lganda ham, Yevropa davlatlari Ukraina uchun foydali tinchlik shartlarini ta’minlash yoki sulhga rioya qilinishini nazorat qilish uchun yetarli resurslarga ega emas.
"Ukrainaga 60 ming kishilik tinchlikparvar kontingent yuborish rejasi amalga oshmad. Faqat Buyuk Britaniya va Fransiya o‘z harbiylarini Ukrainaga yuborishga tayyor, qolgan davlatlar esa yo rad etmoqda, yo faqat ramziy va’dalar bilan cheklanmoqda", deb yozadi The Times.