Avstraliya bosh vaziri Entoni Albnezening ma’lum qilishicha, mamlakat sentyabr oyida BMT Bosh Assambleyasi yig‘ilishida Falastinni davlat sifatida tan oladi.
"Hukumatimiz HAMAS kelajakdagi Falastin davlatida hech qanday rol o‘ynasligi zarurligini aniq tushuntirdi", — deya qo‘shimcha qildi Albaneze.
2024 yil iyul oyi oxiriga kelib, Falastin davlatini BMTga a’zo 193 mamlakatdan 147 tasi rasmiy ravishda tan olgan. 2025 yilda Fransiya, Buyuk Britaniya, Kanada va Malta hukumatlari ham Falastinni tan olish rejalari borligini e’lon qilgandi.