Bugun 13 avgust, 2025 yil, chorshanba

КИР

5 ta davlat Netanyahuning G‘azoni bosib olish rejasini qoraladi — Deutsche Welle

 5 ta davlat Netanyahuning G‘azoni bosib olish rejasini qoraladi — Deutsche Welle

"Germaniya, Italiya, Buyuk Britaniya, Avstraliya va Yangi Zelandiya Isroil hukumatining G‘azo shahrini nazoratga olishni ko‘zda tutuvchi yangi hujum amaliyotini boshlash qarorini qoralab, qo‘shma bayonot e’lon qildi" deya xabar bermoqda nashr.

"Bunday amaliyot G‘azodagi mavjud falokatli gumanitar vaziyatni yanada og‘irlashtiradi, garovdagilar hayotini xavf ostiga qo‘yadi va tinch aholining ommaviy ko‘chirilishiyushi xavfini oshiradi. Isroil hukumati e’lon qilgan rejalar xalqaro gumanitar huquqning buzilishiga olib kelishi mumkin", deyiladi qo‘shma bayonotda.

Shuningdek, Germaniya, Italiya, Buyuk Britaniya, Avstraliya va Yangi Zelandiya Tashqi ishlar vazirligi rahbarlari "har qanday anneksiya yoki aholi punktlarini kengaytirish xalqaro huquqni buzishi"ni qo‘shimcha qilgan.

Kiritildi: 13:07 11.08.2025. O'qildi: 539 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!