Bugun 13 avgust, 2025 yil, chorshanba

КИР

Microsoft Isroilga falastinliklar ustidan kuzatuv olib borishda yordam bermoqda

Microsoft Isroilga falastinliklar ustidan kuzatuv olib borishda yordam bermoqda

Microsoft kompaniyasi o‘zining Azure bulut platformasining moslashtirilgan versiyasini Isroil harbiy razvedkasining 8200-qismi uchun ishlab chiqdi. Bu tizim falastinliklar ustidan olib borilgan kuzatuv ma’lumotlaridan iborat katta arxivni, jumladan millionlab telefon qo‘ng‘iroqlarini saqlash uchun foydalanilmoqda.

The Guardian, falastin-isroil nashri +972 Magazine va yahudiy tilidagi Local Call nashri tomonidan olib borilgan qo‘shma jurnalistik tekshiruv natijasida aniqlanishicha, mazkur bulut tizimi 2022 yildan beri faoliyat ko‘rsatmoqda va 8200-qismga har kuni katta miqdordagi telefon qo‘ng‘iroqlarini uzoq muddatga saqlash imkonini bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, ushbu ma’lumotlar G‘azo sektori va G‘arbiy sohilda aviahujumlar hamda harbiy operasiyalarni muvofiqlashtirishda qo‘llanilgan.

Microsoft bayonotiga ko‘ra, bosh direktor Satya Nadella 8200-qism Azure'da saqlamoqchi bo‘lgan ma’lumotlarning xususiyatidan bexabar bo‘lgan. Biroq ichki hujjatlarning oshkor bo‘lishi va Microsoft hamda Isroil harbiy razvedkasining 11 ta manbasi bilan olib borilgan intervyular Azure platformasi 8200-qismga falastinliklarning kundalik muloqotlarini yozib olish va saqlashda qanday yordam berganini ko‘rsatmoqda.

Microsoft rasman bu kabi suiiste’mollarni rad etgan bo‘lsa-da, mavjud ma’lumotlar kompaniya ushbu kuzatuvning ko‘lami va maqsadidan xabardor bo‘lganini ko‘rsatmoqda.

Kiritildi: 15:34 10.08.2025. O'qildi: 593 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!