Evropa davlatlari Ukrainaga harbiy va iqtisodiy yordam ko‘rsatishni davom ettirishga va uni diplomatik jihatdan qo‘llab-quvvatlashga tayyor.
Bu haqda Fransiya, Italiya, Buyuk Britaniya, Finlyandiya, Germaniya va Polsha rahbarlari hamda Yevrokomissiya rahbarining qo‘shma deklarasiyasida aytiladi.
"Biz mojaroga diplomatik yo‘l bilan barham berish bo‘yicha ushbu ishni qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz, shuningdek, Ukrainaga muhim harbiy va moliyaviy yordamimizni, shu jumladan “Irodalar koalisiyasi” faoliyati doirasida, shuningdek, Rossiya Federasiyasiga nisbatan cheklovchi choralarni qo‘llab-quvvatlash va joriy etish orqali qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz”, deyiladi deklarasiya matnida.
Bayonotni imzolagan yetakchilarga ko‘ra, mojaroga faqat “faol diplomatiya, Ukrainani qo‘llab-quvvatlash va Rossiya Federasiyasiga bosim o‘tkazish” kombinasiyasi bilan yakun topish mumkin.