Oq uy Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSh prezidenti Donald Tramp o‘rtasidagi muzokaraga taklif qilish imkoniyatiga ruxsat berdi.
Bu haqda Amerika rasmiy vakili va yana uchta manbaga tayanib NBC News xabar berdi.
"Muhokamalar davom etmoqda", — deya manbalardan birining so‘zlarini keltiradi telekanal. Ma’muriyat vakilining qo‘shimcha qilishicha, bu "mutlaqo mumkin".