Bugun 13 avgust, 2025 yil, chorshanba

КИР

Keniyadagi yirik YTHda vafot etganlar soni 25 kishiga yetdi

Keniyadagi yirik YTHda vafot etganlar soni 25 kishiga yetdi

Keniya g‘arbidagi Kisumu shahrida juma kuni kechqurun sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi qurbonlari soni 25 kishiga yetdi.

Bu haqda hukumat vakili ma’lum qildi.

Avvalroq avtobus haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘lakka chiqib ketgani, natijada transport vositasi ag‘darilib, ariqga qulagani, natijada 21 kishi voqea joyida halok bo‘lgani xabar qilingan edi.

Keniya Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot kotibi Fredrik Ouma Oluga bugun halokatda jabrlangan to‘rt kishi kasalxonada vafot etgani, qurbonlar soni 25 nafarga yetganini aytdi.

Voqea sabablarini aniqlash bo‘yicha tergov davom etmoqda.

Kiritildi: 09:50 10.08.2025. O'qildi: 550 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!