Xitoy Isroilning G‘azo shahrini bosib olish rejalaridan "jiddiy xavotir" bildirdi va "xavfli harakatlarini zudlik bilan to‘xtatishga" chaqirdi
“G‘azo Falastin xalqiga tegishli va Falastin hududining ajralmas qismidir”, dedi TIV vakili AFP nashriga.
"G‘azodagi gumanitar inqirozni yumshatish va garovga olinganlarni ozod qilishning to‘g‘ri yo‘li zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishdir. G‘azo mojarosining to‘liq hal etilishi o‘t ochishni to‘xtatishga bog‘liq; shundagina keskinlikni pasaytirish yo‘lini ochish va mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash mumkin" - dedi TIV vakili.