Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qozog‘iston rahbari Qasim-Jomart Tokayev bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi.
Suhbat chog‘ida Putin Tokayevga Ukraina inqirozini hal etish yuzasidan Vashington bilan olib borilayotgan muloqot haqida ma’lumot berdi. Xususan, u yaqinda AQSh Prezidentining maxsus vakili Stiven Uitkoff bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv natijalari haqida so‘zlab berdi.
Qozog‘iston Prezidenti Tokayev ushbu ma’lumot uchun minnatdorchilik izhor etdi va tinch yo‘l bilan hal etish bo‘yicha qadamlarni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.