Amerikalik Crocs kompaniyasi — mashhur yumshoq poyabzallar ishlab chiqaruvchisi aksiyalari bir kun ichida 29,24% ga tushib ketdi.
Sababi:
Kompaniya bu chorakda daromad 9–11% kamayishini e’lon qildi.
Bu investorlar orasida vaxima keltirib chiqardi.
Crocs rahbari Endryu Risga ko‘ra, amerikaliklar zarur bo‘lmagan xarajatlarga nisbatan ehiyotkor bo‘lib qolishgan.
🇺🇸 Bundan tashqari, Crocs yilning ikkinchi yarmida Tramp joriy qilgan import bojlari sabab 40 million dollar to‘lashi kerak bo‘ladi. Bu foydaga salbiy ta’sir qiladi va narxlarni oshirishi mumkin.
2026 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionati va 2028 yilgi Olimpiada klassik sport krossovkalarga bo‘lgan talabni oshirishi mumkin — bu esa Crocs’ning mashhurligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.