Bugun 10 avgust, 2025 yil, yakshanba

КИР

Xitoy Rossiya neftini sotib olishda Hindistonning o‘rnini to‘liq bosishga tayyor emas

Xitoy Rossiya neftini sotib olishda Hindistonning o‘rnini to‘liq bosishga tayyor emas

Hindiston Amerika bojlari sababli Urals neftini xarid qilishni qisqartirgach, rossiyalik treyderlar mijoz izlab Xitoyga yuzlanishdi.

Rossiya neft kompaniyalari Urals turdagi neft eksportlarini Hindistondan Xitoyga yo‘naltirishga harakat qilmoqda. Bu haqda Bloomberg agentligi vaziyatdan xabardor treyderlarga tayangan holda xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyaning g‘arb portlaridan oktyabrda jo‘natiladigan neft partiyalari Xitoyning davlat va xususiy neft qayta ishlash zavodlariga barrel uchun 1 dollar chegirma bilan taklif qilinmoqda.

Manbalarning ta’kidlashicha, Xitoy tomonida qiziqish bor. Tahlillarga ko‘ra, yetkazib berishni Rossiya bilan bog‘liq treyderlar — jumladan, “Lukoyl”ning savdo bo‘limi Litasco amalga oshirmoqda.

Avvallari Urals neftining asosiy xaridori Hindiston edi. Ukrainada urush boshlanganidan beri Hindiston Rossiya nefti importni 20 barobarga oshirgan, 2024 yil iyun oyida kunlik 2 million barrelgacha yetkazilgan.

Biroq Donald Tramp Hindiston tovarlariga 25% boj joriy qilish haqida farmon bergach — Moskva bilan energetika hamkorligi uchun — hind davlat neft kompaniyalari Rossiya bilan shartnomalarni bekor qila boshladi.

Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, Hindistonning xususiy zavodlari barrel uchun chegirma 5 dollargacha oshirilgandan keyin xaridni davom ettirgan. Biroq davlat korxonalari Urals'ni yaqindagi xaridlar ro‘yxatidan chiqarib tashlagan.

Har qanchaki ba’zi xitoylik zavodlar Urals'ni cheklangan miqdorda sotib olgan bo‘lsa-da, Pekin Hindistonning barcha hajmlarini to‘liq to‘ldira olishi ehtimoldan yiroq.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, Xitoyning davlat kompaniyalari AQSh bilan olib borilayotgan savdo muzokaralarini inobatga olgan holda Rossiya neftini qo‘shimcha xarid qilish masalasida ehtiyotkorlik bilan harakat qilishadi.

Shuningdek, Urals sorti Xitoydagi davlat NPZlari uchun asosiy tur hisoblanmaydi — ular asosan Rossiyaning sharqidan keladigan ESPO neftini xarid qiladi.

Kiritildi: 15:08 08.08.2025. O'qildi: 700 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!