Bugun 10 avgust, 2025 yil, yakshanba

КИР

Xitoyda osma ko‘prik uzilishi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi

Xitoyda osma ko‘prik uzilishi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi

Osma arqonlardan biri uzilishi oqibatida ko‘prik qiyshayib, odamlar suvga qulagan.

Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayonidagi turistik hududlardan birida osma ko‘prik uzilib ketdi. Oqibatda 5 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Sinxua” nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, voqea 6 avgust kuni Ili shahrida yuz bergan. Osma arqonlardan biri uzilishi oqibatida ko‘prik qiyshayib, odamlar suvga qulab tushgan. Oqibatda 24 kishi jarohat olgan bo‘lib, jami 29 kishi ko‘prikdan yiqilgan.

Ularning 22 nafari yengil, 2 nafari esa og‘ir ahvolda, 5 kishi vafot etgan. Jarohat olganlar mahalliy shifoxonaga yotqizilgan. Hozirda jarohatlanganlarga kerakli yordamlar ko‘rsatilyabdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda uzilgan osma ko‘prikning bir tomonga qiyshayib qolganini ko‘rish mumkin. Uzilish paytida ko‘prikda qolgan odamlar yon to‘rdan ushlab, narigi tomonga o‘tishga uringan. Kadrlarda ko‘prik ostida jabrlanganlarga yordam ko‘rsatilayotgani ham aks etgan.

Ma’lumot uchun, Xitoyda chivinlar orqali yuqadigan chikungunya virusi keng tarqalmoqda. Mamlakatda allaqachon 7 mingdan ortiq kishi kasallikka chalingan. Hukumat hasharotlarga qarshi kurashish uchun dorilar sepmoqda va dronlarni ishga solmoqda.

Kiritildi: 14:20 08.08.2025. O'qildi: 552 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!