Bugun 10 avgust, 2025 yil, yakshanba

КИР

CNN Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mojaroning yakunlanishiga oid beshta ehtimoliy ssenariyni tuzib chiqdi

 CNN Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mojaroning yakunlanishiga oid beshta ehtimoliy ssenariyni tuzib chiqdi

Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urushni yakunlashning beshta ssenariysi mavjud, deb xabar beradi CNN. Telekanal mojaroni hal etishning ehtimoliy yo‘llarini quyidagicha tasvirlagan.

1. Moskva ayni damda mavjud jangovar to‘qnashuvlar chizig‘i bo‘yicha «shartsiz o‘t ochishni to‘xtatish»ga rozi bo‘ladi. CNN bunday ssenariyning amalga oshish ehtimolini juda past deya baholamoqda. Telekanalning taxmin qilishicha, frontdagi oldinga siljish fonida Rossiya o‘z harbiy rejalarini yoz oxirigacha o‘zgartirmaydi va kamida oktyabrgacha harbiy harakatlarni davom ettiradi.

2. Yangi muzokaralarni kelishib olish va oktyabrga kelib mavjud urush chizig‘i bo‘yicha jangovar harakatlarni muzlatib qo‘yish. Shu vaqt mobaynida Rossiya yana bir necha shaharlarni, jumladan, Pokrovsk (Krasnoarmeysk) va Kupyansk (Xarkov viloyati)ni o‘z nazoratiga olishga harakat qilib ko‘radi. Bahorda esa janglar qayta boshlanishi yoki Rossiya egallagan pozisiyalarni mustahkamlab olishga harakat qilib, Ukrainada saylovlar masalasini ko‘tarishi mumkin.

3. Ukraina yana ikki yil G‘arbdan keladigan harbiy yordam (jumladan, mamlakatda NATO askarlarining joylashtirilishi) evaziga «dosh beroladi». Bu ish sodir bo‘lgan taqdirda Rossiyaning hujumi sekinlashadi, biroq, shunga qaramay, Pokrovsk kabi shaharlar Moskva nazoratiga o‘tishining ehtimoli yuqori. Umumiy front chizig‘i esa deyarli o‘zgarishsiz qoladi. CNN ta’kidlashicha, «bu — Ukraina umid qilsa bo‘ladigan eng yaxshi ssenariy».

4. Ukraina va NATO uchun «fojiali» ssenariy — Rossiya va AQSh munosabatlarining yaxshilanishi. Bu holatda Kiyev yolg‘iz qolib ketadi va hatto Yevropaning yordami ham vaziyatni o‘zgartirishga yetarli bo‘lmasligi mumkin. Rossiya fursatdan foydalanib Ukrainaga hujumni kengaytirish orqali Kiyev xavfsizligiga tahdid soladi, Yevropa va NATO esa bu holatda chorasiz qolib ketadi.

5. Rossiya uchun «fojiali» ssenariy — Afg‘onistondagi sovet tajribasining takrorlanishi. Mamlakat inson va moliyaviy yo‘qotishlarga uchraydi, sanksiyalar tufayli Xitoy va Hindiston kabi ittifoqchilarini yo‘qotadi. AQSh esa Moskva va Pekinga nisbatan «an’anaviy» qarshi turish siyosatini qayta yo‘lga qo‘yadi.

Kiritildi: 14:06 08.08.2025. O'qildi: 1175 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!