Bugun 9 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Tailand va Kambodja tinchlik shartnomasini imzoladi

Tailand va Kambodja tinchlik shartnomasini imzoladi

Tailand va Kambodja chegaradagi keskinlikni bartaraf etish uchun 13 banddan iborat kelishuv imzoladi. Kelishuvlarga Kuala-Lumpurdagi muzokaralar chog‘ida erishilgan.

Tegishli bayonot Tailand hukumati tomonidan 7 avgust, payshanba kuni X platformasida e’lon qilindi.

Hukumatlararo qo‘mita yig‘ilishi mojarolarni yumshatish va chegara hududida tinchlik o‘rnatishga qaratilgan bayonnomalarni imzolash bilan yakunlandi.

Tomonlar o‘t ochishni to‘xtatish rejimiga rioya qilishni nazarda tutuvchi 13 banddan iborat kelishuvga erishishdi.

“Ikkala davlat vakillari chegaradagi keskinlikni bartaraf etish va chegara hududida tinchlikni tiklashga qaratilgan bayonnomalarni imzolashdi”, deyiladi xabarda.

24 iyul kuni avj olgan mojaro oqibatida 30 nafardan ortiq odam hayotdan ko‘z yumdi va har ikki tomondan 150 mingdan ortiq tinch aholi uy-joyini tark etgan. Mintaqada favqulodda holat e’lon qilingan. Har ikki davlat o‘zini himoya qilish maqsadida ish olib borganini ta’kidlamoqda.

Hozirgi bahsning muhim qismi Fransiya va Siam Qirolligi o‘rtasidagi shartnomalar talqini asosida tuzilgan xaritalar bilan bog‘liq. Ular XX asrning boshlarida tuzilgan va o‘sha paytda Fransiya Hindixitoyi qismi bo‘lgan Tailand va Kambodja o‘rtasidagi chegarani belgilagan.

26 iyul kuni Tramp chegarada qurolli mojaroga kirishgan Kambodja va Tailand janglarni to‘xtatmoqchi ekanini aytdi. Amerika yetakchisi uning telefon diplomatiyasi ish berganiga shama qildi. Oq uy rahbarining qo‘ng‘iroqidan so‘ng tomonlar muzokara o‘tkazishga kelishib oldi, deb xabar berdi korrespondent.net.

Kiritildi: 18:18 07.08.2025. O'qildi: 391 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!