Bugun 9 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

O‘zbekiston tarvuz eksportini 67,7 foizga oshirdi

O‘zbekiston tarvuz eksportini 67,7 foizga oshirdi

O‘zbekiston 2025 yilning yanvar-iyun oylarida xorijga qiymati 29,9 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 130,6 ming tonna tarvuz eksport qilgan.

Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, eksport hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 52,7 ming tonnaga oshgan.

O‘zbekiston 2025 yilning 6 oyida eng ko‘p – Rossiya (66 ming tonna), Qozog‘iston (44 ming tonna) va Qirg‘iziston (19 ming tonna) davlatlariga tarvuz sotgan.

Shuningdek:

  • Belarus R. – 968 tonna
  • Mo‘g‘uliston – 618 tonna
  • Latviya – 76 tonna
  • Gruziya – 66 tonna
  • Polsha – 61 tonna
  • Boshqa davlatlar – 121 tonna
Kiritildi: 16:52 07.08.2025. O'qildi: 584 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!