Bugun 9 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Global anomaliya: AQSh qanday qilib rivojlanayotgan bozorga aylanmoqda

Global anomaliya: AQSh qanday qilib rivojlanayotgan bozorga aylanmoqda

Chilining sobiq moliya vaziri, London iqtisodiyot va siyosat fanlari maktabi (LSE) huzuridagi Davlat siyosati maktabi dekani Andres Velasko o‘zining Project Syndicate nashridagi mualliflik kolonkasida AQSh qanday qilib tobora rivojlanayotgan bozorga o‘xshab borayotgani haqida fikr yuritadi. Uning ta’kidlashicha, bunga davlat qarzi xavfining ortishi va qarz barqarorligining milliy valyuta kurslariga ta’siri asosiy omil bo‘lmoqda.

🔝 Rivojlanayotgan bozorlar haqida eng hazilomuz ta’riflardan biri shunday deyiladi: bu shunday bozorki, undan favqulodda vaziyatda chiqib ketib bo‘lmaydi. Ammo bu hozircha AQShga taalluqli emas — bu yerda moliya bozorlari juda katta va likvidli, shuning uchun hatto zararga uchragan taqdirda ham bozordan chiqish imkoni bor.

🔝 Trampning “katta va go‘zal qonuni” qabul qilinishi amalda keng ko‘lamli, ammo unchalik ham “go‘zal” bo‘lmagan fiskal kengayishni anglatadi. Hatto bojlar ma’lum darajada daromad keltirsa ham, bu tushum soliqlarni qisqartirish va xarajatlarni oshirish orqali yuzaga keladigan umumiy ta’sir oldida juda oz. Ehtiyotkor baholashlarga ko‘ra, 2034 yilgacha Trampning ushbu tashabbusi AQSh davlat qarzini 3,3 trln dollarga oshiradi — bu YAIMning 125 foiziga teng bo‘ladi.

🔝Hamma narsa xavfli qarz dinamikasidan boshlanadi: qarz oshgan sari, uni qaytarish xarajatlari ham ortib boradi. Davlat aholi mablag‘larini jalb qilish uchun stavkalarni oshirishga majbur bo‘ladi. Ortgan foiz to‘lovlari byudjet tanqisligini yanada kuchaytiradi, bu esa yana yangi qarz olishga va yanada yuqori stavkalarga olib keladi — jarayon davom etaveradi. Ayni paytda AQShda shu holat kuzatilyapti.

🔍2025 yilda AQShning federal qarzi bo‘yicha foiz to‘lovlari 1 trln dollarga, ya’ni YAIMning 3,2 foiziga yetishi mumkin — bu mudofaa xarajatlaridan ham ko‘p. Bu summa kelgusida yana oshishi kutilmoqda, chunki fiskal tanqislik YAIMning 7 foiziga yaqinlashyapti.

Kiritildi: 13:45 07.08.2025. O'qildi: 703 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!