Bugun 9 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Xitoyda chikungunya virusi bilan kasallanganlar soni 7000 dan oshdi — OAV

Xitoyda chikungunya virusi bilan kasallanganlar soni 7000 dan oshdi — OAV

Mamlakatning Guandun provinsiyasida iyuldan buyon chikungunya virusiga chalinish bilan bog‘liq 7000 dan ortiq holat aniqlandi. Mahalliy ma’muriyat vakillari hududda karantin choralarni ko‘rmoqda.

Chikungunya virusi chivinlar orqali tarqaladi. U isitma hamda bo‘g‘imlarda kuchli og‘riq keltirib chiqardi, alomatlar ba’zan yillar davomida yo‘qolmasligi mumkin. Ushbu virus odamdan odamga yuqmaydi – uning tashuvchisi faqat chivinlar hisoblanadi. Ya’ni, virusga chalinish uchun uni yuqtirib olgan odamni chaqqan chivin chaqishi kerak bo‘ladi.

Xitoy rasmiylariga ko‘ra, hozircha chikungunyaga chalingan bemorlarning barchasida yengil shakldagi simptomlar kuzatilmoqda va bemorlarning 95 foiziga bir hafta ichida javob berib yuborilmoqda. Chikungunya epidemiyalari Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyoda, shuningdek, Afrikada tez-tez uchraydi, ammo Xitoyda bungacha bu qadar keng tarqalmagan edi.

O‘zbekiston Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasining ma’lum qilishicha, Xitoyda avj olgan chikungunya bezgagi O‘zbekistonda tarqalmaydi. Qo‘mitaga ko‘ra, ushbu kasallikni tarqatuvchi chivinlar O‘zbekiston tabiatida uchramaydi.

Kiritildi: 12:16 07.08.2025. O'qildi: 465 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!