Bugun 9 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Tramp: "Agar Eron yadroviy salohiyatini tiklashga harakat qilsa, AQSh yana o‘z pozisiyasiga qaytadi"

Tramp: "Agar Eron yadroviy salohiyatini tiklashga harakat qilsa, AQSh yana o‘z pozisiyasiga qaytadi"

AQSh prezidenti Donald Tramp agar Tehron yadroviy salohiyatini tiklashga urinsa, AQSh Eronga yana zarba berishi mumkinligini aytdi.

Bu haqda Tramp Oq uyda jurnalistlarga ma’lum qilgan.

"Yaxshi, biz Eronning yadro quroliga ega bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik orqali Yaqin Sharqdagi urushlarni to‘xtatdik”, dedi Tramp. "Ular hammasini boshidan boshlashlarini aytishlari mumkin, ammo bu ular uchun juda xavfli qadam bo‘ladi, chunki biz qaytamiz."

"Ular boshlashi bilan biz qaytamiz. Va menimcha, ular buni tushunishadi", deb xulosa qildi AQSh prezidenti.

Eslatib o‘tamiz, 22 iyunga o‘tar kechasi AQSh Qurolli kuchlari Eronning uchta yadroviy ob’ektiga (Fordo, Natanz va Isfaxonda) hujum qilgan edi. 23 iyun kuni kechqurun Tehron AQShning Yaqin Sharqdagi eng yirik aviabazasi – Qatardagi Al-Udeyd aviabazasiga raketa zarbasi berdi. AQSh rasmiylariga ko‘ra, qurbonlar yo‘q va jiddiy zarar ko‘rmagan.

Kiritildi: 11:00 07.08.2025. O'qildi: 497 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!