AQSh prezidenti Donald Tramp va Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘rtasidagi uchrashuvning o‘tkazilishi Ukrainadagi urushni tugatish masalasida tomonlar pozisiyalarini yaqinlashtirishda erishilishi mumkin bo‘lgan muvaffaqiyatga bog‘liq bo‘ladi.
Bu haqda AQSh davlat kotibi Marko Rubio Fox Business nashriga bergan intervyusida ma’lum qilgan.
"Bu uchrashuv kelasi hafta bo‘ladimi yoki yo‘qmi, bilmayman, buni ko‘rish kerak. Menimcha, bu qanday taraqqiyotga erishish mumkinligiga bog‘liq. Ko‘p narsa tomonlar pozisiyasini qanchalik yaqinlashtirishimiz, oldinga siljishimiz mumkinmi, shunga bog‘liq", - dedi u.
Davlat departamenti rahbari Trampning Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar bo‘yicha qaror qabul qilish vaqtini ham aytib o‘tdi.
"Prezident yaqin 24-36 soat ichida bu yerda qaror qabul qilishi kerak", dedi Rubio va ko‘p narsa qanday bo‘lishiga bog‘liqligini qo‘shimcha qildi.