Bugun 25 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Qatar 2036 yilgi Olimpiadaga mezbonlik qilish niyatini tasdiqladi

Qatar 2036 yilgi Olimpiadaga mezbonlik qilish niyatini tasdiqladi

Qatar rasman 2036 yilgi yozgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga mezbonlik qilish niyatini tasdiqladi.

Reporning xabar berishicha, Qatar Olimpiya qo‘mitasi bu borada Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi (XOQ) bilan muzokaralar olib bormoqda.

Qatar Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Shayx Johan bin Hamad Oli Soniy ma’lum qilishicha, mamlakatda Olimpiada uchun zarur bo‘lgan sport infratuzilmasining 95 foizi tayyor.

"Bizda barcha sport inshootlarini 100 foizgacha tayyorlash bo‘yicha kompleks milliy reja mavjud. Bu loyiha ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik jihatdan barqaror meros yaratishni maqsad qilgan", — dedi u.

Agar Qatar XOQ tanlovida g‘olib chiqsa, u holda mamlakat Yaqin Sharqda birinchi bo‘lib Olimpiya o‘yinlariga mezbonlik qilgan davlatga aylanadi. Qatar 2022 yilda futbol bo‘yicha Jahon chempionatiga ham muvaffaqiyatli mezbonlik qilgan va so‘nggi 10 yilda olimpiada yo‘nalishida 6 ta jahon chempionatini o‘tkazgan.

Kiritildi: 19:47 22.07.2025. O'qildi: 513 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!