Bugun 25 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Huquqbuzarlikni barvaqt oldini olish bo‘yicha inspektorlarga yangi vakolatlar belgilandi

Huquqbuzarlikni barvaqt oldini olish bo‘yicha inspektorlarga yangi vakolatlar belgilandi

Mahallalarda faoliyat yurituvchi huquq-tartibot maskanlaridagi bosh va kichik inspektorlarga ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqish va tegishli choralar ko‘rish huquqi berilmoqda. Bungacha bunday vakolat faqat mahalladgi profilaktika inspektorlarida mavjud edi.

Qonunchilik palatasi tomonidan mahallalarda xavfsiz muhitni yaratishga qaratilgan qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqilib, ma’qullandi. Ushbu hujjat orqali jamoat tartibini saqlash va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish tizimidagi vakolatlar qayta ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, patrul-post xizmati inspektorlari tomonidan tuzilgan ma’muriy bayonnomalar yuzasidan qaror qabul qilish huquqi ularning rahbarlariga ham yuklanishi belgilandi. Bundan maqsad — ish jarayonidagi byurokratik to‘siqlarni kamaytirish va fuqarolarga qulaylik yaratish.

Qonun mahallalardagi kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, tartibni saqlash, profilaktik tadbirlarni kuchaytirish, vaqt va inson resurslaridan samarali foydalanishga xizmat qiladi.

Kiritildi: 16:54 22.07.2025. O'qildi: 672 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!