Bugun 25 iyul, 2025 yil, juma

КИР

129 ta qoidabuzarlik sodir etilgan Captiva jarima maydonchasiga joylashtirildi

129 ta qoidabuzarlik sodir etilgan Captiva jarima maydonchasiga joylashtirildi

Haydovchining to‘lanmagan qarzi 54 million so‘mga yetgan.

Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida YPX xodimlari 123 marta qidiruvga berilgan Captiva avtomobilini to‘xtatilib tekshirilganda haydovchining 129 ta qoidabuzarlik sodir etgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, haydovchining 54 million so‘mlik to‘lanmagan jarimalari borligi aniqlandi.

Shuningdek, Captiva avvalroq Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi tomonidan 123 marotaba qidiruvga berilgan.

Ayni damda avtomobil jarima maydonchasiga olib ketilgan.

Kiritildi: 16:41 22.07.2025. O'qildi: 612 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!