"O‘zenergoinspeksiya" Farg‘ona viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida Dang‘ara tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro M. T. ga qarashli bo‘lgan suv nasosini o‘zboshimchalik bilan tarqmoqqa ulab, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanayotganligi aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasiga 536,1 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.
Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.