"O‘zenergoinspeksiya" Jizzax viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida G‘allaorol tumanida “B. A. G” MCHJga qarashli AYOQShda Ai-92 markali avtobenzin mahsulotlari davlat standart talablariga mos kelmasligi (sifatsizligi) aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida O‘zbekiston Respublikasining 940-sonli Qonunining 43-moddasiga asosan realizasiya qilingan avtobenzin qiymatining 50 foizi miqdorida iqtisodiy sanksiya qo‘llanildi.
Qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan ushbu AYOQShda aniqlangan qoldiq saqlanayotgan sifatsiz neft mahsulotlarini sotuvga chiqarmaslik va sifatini qayta tiklash lozimligi bo‘yicha ko‘rsatma berildi.