Bugun 23 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Pokistonda og‘ir vaziyatga tushib qolgan vatandoshimiz O‘zbekistonga qaytarildi

Pokistonda og‘ir vaziyatga tushib qolgan vatandoshimiz O‘zbekistonga qaytarildi

O‘zbekiston elchixonasi diplomatlari say’-harakatlari bilan Pokistonda og‘ir vaziyatga tushib qolgan hamyurtimiz oilasi bag‘riga qaytarildi.

O‘zbekiston fuqarosi E.X. mamlakatimiz elchixonasiga murojaat qilib, og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolganini, vaqtinchalik turar joy va kundalik ehtiyojlar uchun zarur mablag‘ga ega emasligini ma’lum qilib, yordam so‘ragan.

Vatandoshimizning murojaati elchixona tomonidan alohida nazoratga olinib, qisqa fursat ichida zarur konsullik-huquqiy va moddiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha choralar ko‘rildi.

Yurtdoshimizga O‘zbekistonga qaytish uchun tegishli konsullik guvohnomasi rasmiylashtirildi va elchixona xodimlari hamda homiylar ko‘magida aviachipta xarid qilindi. E.X. kuni kecha "Uzbekistan Airways" aviakompaniyasining Islomobod-Toshkent aviareysi bilan Vatanga qaytarildi.

Vatandoshlarimizni har qanday holatda yolg‘iz qoldirmaslik, ularga konsullik-huquqiy yordami ko‘rsatish – O‘zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

Kiritildi: 14:11 21.07.2025. O'qildi: 642 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!