TSMC (Tayvan) Osiyo kompaniyalari orasida birinchi bo‘lib kapitalizasiyasi 1 trln dollardan oshgan kompaniyaga aylandi, deb xabar berdi Bloomberg.
Ta’kidlanishicha, kompaniya sun’iy intellekt davrida yetakchilikni saqlab qolishiga sarmoyadorlarning ishonchi bunda muhim ahamiyat kasb etdi.
18 iyuldagi savdolar yakuniga ko‘ra, TSMC kapital qiymati 29,82 trln yangi tayvan dollari (1,013 trln AQSh dollari)ni tashkil etgan.
Ma’lumot uchun: Taiwan Semiconductor Manufacturing Company (TSMC) — dunyodagi eng yirik yarimo‘tkazgichlar (chiplar) ishlab chiqaruvchisi. Apple va Nvidia kabi texnogigantlarning asosiy ta’minotchilaridan sanaladi.