Bu haqda Deutsche Welle nashri xabar bermoqda.
Dron hujumlari vaqtida havo hududining yopilishi tufayli Rossiyaning markaziy hududlaridagi, xususan, Moskva va Sankt-Peterburgdagi aeroportlar jiddiy zarar ko‘rdi.
Ommaviy axborot vositalari ma’lumotlariga ko‘ra, birgina Sheremetevoda ertalabdan beri 170 dan ortiq reys kechiktirilgan va 50 ta reys bekor qilingan. Pulkovo aeroportida esa 100 dan ortiq reys kechiktirilgan va 30 dan ortiq reys bekor qilingan. Buning oqibatida aeroportlarda yo‘lovchilar to‘planib qolgan.
“Fontanka” nashrining yozishicha, aviakompaniyalar yo‘lovchilarga yordam bermagan va tashish qoidalariga muvofiq ovqat hamda ichimlik taqdim etmagan. Holat hatto yerga qo‘ngan ba’zi samolyotlarga ham ta’sir qilgan — ba’zi yo‘lovchilar samolyot salonidan bir necha soat davomida chiqarilmagan.
"Tartibsizlikni yangi havo hujumlari haqidagi xabarlar yanada murakkablashtirmoqda. Masalan, Sheremetevodan Pulkovo tomon kechikib uchgan bir samolyot Sankt-Peterburg aeroportida havo hududi yopilgani sababli Moskvaga qaytishga majbur bo‘lgan", deya yozmoqda.