Rossiya Tergov qo‘mitasining ma’lum qilishicha, 2024 yildagi fojiada buyruqni brigada komandiri Nikolay Dzyaman va UQKning yuqori qo‘mondonligi bergan.
Departament xabariga ko‘ra, Dzyaman terrorchilik harakatini sodir etganlikda ayblanib, xalqaro qidiruvga berilgan.
60 dan ortiq ukrainalik asir bo‘lgan samolyot 2024 yil 24 yanvarda “Patriot” kompleksining MIM-104A raketasi bilan urib tushirilgandi.
Eslatib o‘tamiz, samolyotda ayirboshlash uchun olib ketilayotgan 65 nafar ukrainalik harbiy asirlar, 6 nafar ekipaj a’zosi va 3 nafar asirlarni kuzatib borayotganlar bor edi.