Fransiyaning markaziy qismidagi Endr departamentida bir dvigatelli samolyot qulab tushdi, bortidagi bir nafar uchuvchi halok bo‘ldi.
Bu haqda departamentning o‘t o‘chirish va qutqaruv markazi ma’lum qildi.
"Shatoru-Viller aerodromida uchish-qo‘nish yo‘lagi oxirida samolyot halokatga uchradi. Samolyot bortidagi yagona shaxs bo‘lgan uchuvchi halok bo‘ldi. Gap 60-70 yoshli erkak haqida ketmoqda", - deyiladi markaz xabarida.
Halokatga uchuvchi qo‘nmoqchi bo‘lganida dvigatelning nosozligi sabab bo‘lgan.