Bugun 7 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Turkiyada uch yirik shahar — Adana, Antalya va Adiyaman shaharlari boshliqlari hibsga olindi

Turkiyada uch yirik shahar — Adana, Antalya va Adiyaman shaharlari boshliqlari hibsga olindi

Bu choralar Jumhuriyat xalq partiyasi vakillari idora qilayotgan shaharlar ma’muriyatlarida firibgarlik faktlari bo‘yicha tergov ishlari doirasida amalga oshirilgan, deb yozadi Anadolu. Partiya yetakchisi O‘zgur O‘zal ijroiya qo‘mitaning shoshilinch majlisini chaqirgan.

Anqara meri, JXP vakili Mansur Yavash odil sudlovning xolisligiga shubha bildirgan va ayblovlar faqat muxolifat vakillariga nisbatan qo‘llanilayotgani, hukmron ATP vakillari javobgarlikka tortilmayotganini ta’kidlagan.

Shu yilning mart oyida Istanbul meri, JXP vakili Akrom Imomo‘g‘li ham qo‘lga olingan va vazifasidan chetlashtirilgan edi.

Kiritildi: 18:39 05.07.2025. O'qildi: 627 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!