Ilon Mask Mustaqillik kunida AQShda yangi siyosiy partiya yaratish zarurligi haqida so‘rov o‘tkazdi.
Bu haqda u X ijtimoiy tarmog‘ida yozdi.
"Mustaqillik kuni - ikki partiyali (ba’zilar bir partiyali) tizimdan mustaqil bo‘lishni xohlaysizmi, deb so‘rash uchun ajoyib vaqt! "Amerika" partiyasini yaratishimiz kerakmi?" - deyiladi nashrda.
Maskning savoliga ovoz berish 24 soat davom etdi. So‘rov boshlanganidan buyon bir soat ichida unda 81 mingdan ortiq foydalanuvchi qatnashdi, so‘rovnoma ishtirokchilarining 64,8 foizi partiya tashkil etilishini qo‘llab-quvvatladi.
Avvalroq Mask yangi siyosiy partiya yaratishga chaqirgan edi, chunki zamonaviy amerikaliklar "bir partiyaviy mamlakatda yashaydi" va "odamlar haqida qayg‘uradigan" platforma kerak.