Bugun 6 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Xitoy Tashqi ishlar vaziri: "Urush Eron muammosini hal qilmaydi"

Xitoy Tashqi ishlar vaziri: "Urush Eron muammosini hal qilmaydi"

Urush Eron yadroviy dasturi atrofidagi muammoni hal eta olmaydi va AQShning Eron yadroviy inshootlarini bombalashi yadroviy falokatga tahdid soladi.

Bu haqda Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I ma’lum qildi.

"AQShning Eron suveren davlatining yadroviy ob’ektlarini shafqatsizlarcha bombardimon qilishi yadroviy falokatga olib kelishi mumkin, buning uchun butun dunyo tovon to‘laydi", dedi u Parijda Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan-Noel Barro bilan qo‘shma matbuot anjumanida. Van I ta’kidlaganidek, urush "Eron muammosini hal qilishga qodir emas".

Van I Tehron yadro qurolini yaratmasligiga ishonch bildirdi. U, shuningdek, Xitoy Eronning atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish huquqini hurmat qilishini tasdiqladi. "Kuch haqiqiy tinchlik keltirmaydi va Pandoraning qutisini ochishi mumkin", deb qo‘shimcha qildi u.

Kiritildi: 08:40 05.07.2025. O'qildi: 808 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!