"Fluminense" klublar o‘rtasidagi jahon chempionati chorak finalida "Al-Hilol"ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi.
Braziliya jamoasi safida Martinelli va Erkules gol urishgan bo‘lsa, Saudiya Arabistoni jamoasi safida Markos Leonardo gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
"Fluminense" klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining yarim finaliga yo‘l oldi va u yerda "Palmeyras" - "Chelsi" uchrashuvi g‘olibi bilan to‘qnash keladi.