Bugun 6 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Janubiy Koreyada jazirama oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi

Janubiy Koreyada jazirama oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi

Sog‘liqni saqlash idoralari ma’lumotlariga ko‘ra, iyun oyi boshidan beri Janubiy Koreyada jazirama 630 dan ortiq kishi jabrlangan, deb xabar beradi Yonhap agentligi.

Hukumat statistika yurita boshlagan 15 iyundan buyon issiq urishdan aziyat chekkanlar soni 633 nafarga yetdi. Ulardan 5 nafari vafot etgan.

Janubiy Koreya Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlariga ko‘ra, birgina chorshanba kuni 100 kishi tibbiy yordamga murojaat bo‘lgan.

Bemorlarning ko‘pchiligi, 82,9% ochiq havoda bo‘lganida alomatlarni boshdan kechirgan.

Ayni paytda mamlakatning aksariyat hududlarida issiqlik haqida ogohlantirishlar e’lon qilingan. Kyongi provinsiyasida havo harorati Selsiy bo‘yicha 35 daraja.

Kiritildi: 00:33 05.07.2025. O'qildi: 576 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!